Kerakli masalliqlar
200gr margarin
4ta tuxum
4stakan un
1stakan Smetana
1 chimdim iste’mol sodasi
1stakan shaker
1stakan yong’oq
1stakan mayiz
50gr saryog’
1 osh qoshiq asal
Tayyorlash jarayoni:
Margarinni qirg’ichdan chiqarib, unga un solamiz, yaxshilab aralashtiramiz. Alohida idishda smetanaga soda solamiz va 3ta tuxum sarig’ini solib aralashtirmiz va shu aralashmani unga solib xamir qoramiz. Xamirni uchta zuvolaga bo’lib xolodelnikka solib qo’yamiz.
Xamir tinguncha tuxum oqidan beze tayyorlaymiz.
Bitta zuvolani yoyib issiq duxovkada o’rtacha olovda pishirib olamiz. Pishganidan so’ng chiqarib olamiz.
Ikkinchi zuvolani ham yoyamiz gaz listiga solamiz, ustiga tayyorlagan bezeni yarimini bir tekisda ustiga surtamiz, va ustiga kesilgan yong’oq va mayizlani sepib olamiz.

Mayizni oldin qaynagan suvda ozgina solamiz, song ikkiga bolib kesib chiqamiz. Yong’oqni ham kesamiz.
So'ng o’rtaga pishirgan xamirni ehtiyotkorlik bilan qo’yamiz. Uni ustiga qolgan bezeni surtamiz, yong’oq, mayizni sepamiz. Uchinchi zuvolani ham yoyib, eng ustiga qoyamiz. Ustini qogan bitta tuxum sarig’ini surtamiz. Paxlavamizni kesib chiqamiz, har bir bo’lakga yong’oq qo’yib chiqamiz.

Qizdirilgan duxovkada past olovda 30-40 daqiqa mobaynida qizarguncha pishirib olamiz.
Pishguncha kichkina qozonda yoki skovorodkada asal va saryog’ni eritib olamiz. Uni pishgandan so’nga paxlavani ustiga surtib chiqamiz.

Sovugandan song dasturxonga tortishingiz yoki tog’ora ham qilib olishingiz mumkin
